Air India aviakompaniyasining layneri kompaniyaning uchuvchilaridan birida COVID-19 borligi haqida xabar bergandan so`ng, O`zbekiston havo hududidan ortga qaytib ketdi. Bu haqda TASS manasiga tayanibQalampir xabar berdi.
"Bortida hech qanday yo`lovchilar bo`lmagan A320 samolyoti Vande Bharat missiyasi (hind fuqarolarini chet eldan qaytarish bo`yicha operasiya) doirasida Rossiyada qolgan hindlarni qaytarish uchun Moskvaga qarab ketayotgan edi. Samolyot O`zbekiston havo hududiga etib borganida, bizning erdagi jamoamiz a`zosining birida koronavirus aniqlangani ma`lum bo`ldi", deyiladi aviakompaniya xabarida.
Samolyotga darhol ortga qaytib kelishi buyurildi. Hozir butun ekipaj karantinda. Kompaniyaning boshqa bir samolyoti hindlarni qaytarish uchun Moskvaga yuborilishi ma`lum qilingan.