1

Koronavirusga qarshi tasdiqlangan dunyodagi ilk dori nomi ma`lum qilindi

Jamiyat 01.06.2020, 12:10
Koronavirusga qarshi tasdiqlangan dunyodagi ilk dori nomi ma`lum qilindi

Rossiyada COVID-19ga qarshi samarali dori  “Avifavir” paydo bo`lgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ayni paytda ma`lum qilinishicha, “Avifavir” mamlakat Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan ma`qullandi.

Ta`kidlanishicha “Avifavir”ning oraliq klinik tadqiqotlari ma`lumotlari dori COVID-19 bemorlarini davolash uchun yuqori samardorligini tasdiqlagan. Hozirda uning yakuniy klinik tadqiqotlari 330 nafar bemor ishtirokida davom ettirilmoqda.

“Avifavir” nafaqat Rossiyada koronavirusga qarshi birinchi ro`yxatga olingan virusga qarshi dori, balki, ehtimol, dunyoda COVID-19ga eng katta istiqbolga ega dori hamdir. U Rossiyada rekord muhlatda klinik tadqiqotlar davomida ishlab chiqarilgan va sinovdan o`tkazilgan. Bu unga dunyoda “Favipiravira” negizida birinchi ro`yxatdan o`tgan dori bo`lishiga imkon berdi”, - deydi RFPP rahbari Kirill Dmitriev.

Avifavir - bu "Favipiravir" asosida yaratilgan, COVID-19ni davolash uchun  dunyoda  birinchi bo`lib tasdiqlangan dori.
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1