AsosiyJamiyat

So`x aholisi Bosh vazir bilan uchrashuvda chegara masalasi bo`yicha o`z takliflarini aytishdi(video)

'So`x aholisi Bosh vazir bilan uchrashuvda chegara masalasi bo`yicha o`z takliflarini aytishdi(video)'ning rasmi

O`zbekiston—Qirg`iziston chegarasidagi Botken viloyatiga tutash, Farg`ona viloyati tarkibidagi So`x tumanida joylashgan Chashma qishlog`ida 31 may, yakshanba suv uchun katta janjal ro`y berdi. 

Voqea yuz bergan daqiqalardan boshlab ijtimoiy tarmoqlarda holat aks etgan video va xabarlar tarqala boshladi. Hodisaga shaxsan guvoh bo`lgan mahalliy aholi va kelib chiqqan janjal haqida ma`lumotga ega bo`lganlar ushbu to`qnashuv chegara hududda joylashgan suv sabab yuzaga kelganini bildirdi. Ya`ni ikki qishloq aholisi buloq o`ziga tegishli ekanini da`vo qila boshlagan. Internetda tarqalgan videolarda tomonlar bir-birini toshbo`ron qilgani, chegara simto`siqlarini ko`chirib olishga uringanini ko`rish mumkin.

Shundan so`ng, O`zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo`shinlari yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish uchun O`zbekiston va Qirg`iziston mahalliy ma`muriyatlarining mas`ul rahbarlari voqea joyida uchrashganini ma`lum qildi. Shu kunning o`zida vaziyat to`liq nazoratga olindi.  

O`zbekiston hukumati voqea joyiga etib bordi

1 iyun kuni O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Oripov to`qnashuv sodir bo`lgan hududga etib bordi. Qirg`iziston Bosh vazirining birinchi o`rinbosari Kubatbek Boronov va O`zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov Botken viloyatining “Chechme-Avtodorojny” nazorat o`tkazuv punktida uchrashuv o`tkazdi.

Bosh vazir shu kuni Qirg`iziston bilan chegara zonasida joylashgan Farg`ona viloyati So`x tumani aholisi bilan uchrashdi

Bu erga tez orada video joylashtiriladi.

Uchrashuvda chegara hududidagi yashovchi aholi Bosh vazirga o`z takliflarini bildirishdi. Birinchidan davlat shu joydagi davlatlar o`rtasidagi chegaraga aniq ajratib qo`yish kerakligini aytishdi. Chegara o`rnatilmaganligi sabab hududdagi ayollar va bolalarga bir necha bora tajovuz qilinganligi eslatildi. Bundan tashqari Sux tumani hokimligiga  nisbatan aholida ishonch yo`qligini, shu bois uning o`rniga boshqasi tayinlashini so`rashdi. Hukumat hududdagi suv taqchilligi masalasini ham hali qilishini talab qilishdi. 

Ma`lumot uchun: Hodisa natijasida ikki tomondan ham jabrlanganlar bor. Aydarken shahridagi Umumiy tibbiy amaliyot markaziga jami 25 nafar kishi yotqizilgan. Turli xil tan jarohatlari olgan to`rt nafar fuqaro shifoxonada qolgan. Shundan ikki kishi reanimasiyada, ular operasiyadan keyingi ahvoli shifokorlar tomonidan og`ir deb baholanmoqda. Ikki kishi jarrohlik bo`limiga yotqizilgan, ahvoli o`rtacha og`irlikda.

Qolgan 21 kishi birlamchi tibbiy yordam ko`rsatilganidan so`ng qoniqarli holatda ambulator davolashga yuborilgan.

    Boshqa yangiliklar