AsosiyJamiyat

"Qamchiq" dovonida yuragi xuruj qilgan haydovchining hayoti saqlab qolindi

'"Qamchiq" dovonida yuragi xuruj qilgan haydovchining hayoti saqlab qolindi'ning rasmi

Joriy yilning 31 may kuni soat 12:00da “Qamchiq” maxsus yong`in-qutqaruv boshqarmasiga, “Vodiy-Toshkent” yo`nalishida harakatlanib kelayotgan “DAF” rusumli yuk mashinasi haydovchisining sog`lig`i yomonlashganligi sababli, yo`lning qatnov qismida to`xtab qolganligi yuzasidan ma`lumot kelib tushgan. Mazkur xabarni avtoulov kabinasida bo`lgan haydovchining farzandi etkazgan.  

Voqea joyiga zudlik bilan, “Rezak” navbatchilik maskanidan kichik serjant R.Xolmatov va 2 nafar qutqaruvchilar hamda tez yordam xodimlari chiqishgan. Mutaxassislar tomonidan birinchi tibbiy va psixologik yordam ko`rsatilgach, fuqaro tez yordam mashinasida Pop tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan. Shifokorlarning qayd etishicha, haydovchining bu holga tushishiga yurak xuruji sabab bo`lgan.

Quvonarlisi bemorning o`z vaqtida shifoxonaga olib kelinganligi bois, uning hayoti qutqarib qolindi. Qutqaruvchilar va shifokorlarning tezkorlik bilan hamkorlikdagi ishlari natijasida, yana bir inson hayoti saqlab qolindi.

    Boshqa yangiliklar