1

Kasallanganlar soni yana oshdi. Bemorlarning 6 nafari Toshkent aholisi orasidan

Jamiyat 01.06.2020, 23:40
Kasallanganlar soni yana oshdi. Bemorlarning 6 nafari Toshkent aholisi orasidan

2020 yil 1 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3702 (+29) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Karantin markazidagi (20 nafari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridan charter reys bilan kelgan, 2 nafari esa koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo`lgan) fuqarolar orasida, 6 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari esa Samarqand viloyatida karantinda bo`lgan fuqaroda aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 2859 (+22) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aydi. 

‼️Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 828 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 
 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1