Toshkentda OITSga chalingan yigit 16 yashar qizga kasallik yuqtirdi

Jamiyat 02.06.2020, 20:52
Toshkentda OITSga chalingan yigit 16 yashar qizga kasallik yuqtirdi

Toshkent shahar IIBB tergovchilari o`z amaliyotlarida bo`lib o`tgan voqeani so`zlab berishdi: bir yigit hayot va salomatlik uchun xavfli bo`lgan jinoyatni sodir etganligi ma`lum bo`ldi. Bu haqda Aniq.uz yozmoqda.

Tergovoldi tekshiruvlari doirasida aniqlanishicha, Yunusobod tumanida yashovchi 17 yoshli I.B., o`zining OIV-infeksiyasiga chalingani va OITS dispanserida hisobda turishini yashirib, tanishi 16 yoshli A.M. bilan himoyalanmagan tarzda jinsiy yaqinlik qilgan. 

Qonuniy himoyachisi ishtirokida bo`lib o`tgan xodimlar bilan suhbatda yigit o`z aybiga to`liq iqrorligini bildirib, quyidagilarni ma`lum qilgan. 

Kasalligi tufayli u 2009 yildan buyon (7 yoshligidan) hisobda turib, muntazam ravishda ko`rikdan o`tib turadi. A.M. bilan bolalikdan tanish bo`lganligi sababli, u bilan anchadan buyon yaxshi munosabatda bo`lib, o`smirlik davridanoq uchrashib yurgan. Munosabatlarni «kattalar» darajasiga o`tkazishni yigit va qiz rejalashtirmagan edilar, ammo bu holat sodir bo`lganida ularda kontraseptiv (prezervativ) bo`lmagan. 

Yigit qizni jinsiy aloqa xavfli bo`lishi mumkinligidan ogohlantirgan, ammo o`smirlik sevgisi ularning ko`zini ko`r qilib qo`ygan edi. Keyinchalik yoshlar himoya vositalaridan foydalanib, birinchi holat hech qanday yomon oqibatlarga olib kelmasligidan umidvor bo`lishgan.      

Bir oz vaqt o`tgach, o`zini yomon his qila boshlagan qiz shifokorga murojaat qilgan va 5 oylik xomilasi borligidan xabardor bo`lgan. Yigitining tashxisini bilgan qiz holatning jiddiyligini tushunib, muammosi haqida tibbiyot mutaxassislariga va yaqinlariga ma`lum qilgan.

Shu tarzda, o`rta maktabning yuqori sinf o`quvchisi I.B. o`z harakatlari bilan boshqa shaxsni tanosil kasalligini yuqtirish xavfi ostida qoldirgan. Mazkur fakt asosida Yunusobod tumani IIO FMB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasi bo`yicha jinoiy ish qo`zg`atildi. Holat bo`yicha to`plangan ma`lumotlar ayblov xulosasi bilan jinoiy ishlar bo`yicha sudga ko`rib chiqilishi uchun yo`naltirildi.

Ishni tergov qilgan xodimning qayd etishicha, ushbu jinoyatni sodir etishga turtki bo`lgan sabablardan biri, yoshlarning kasallik va uning oqibatlari haqida ma`lumotga ega bo`lmaganliklari bo`lgan. Shu sababli bu kabi jinoyatlarning oldini olish maqsadida keyinchalik nafaqat OIV-infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar orasida, balki umuman aholi orasida ham bu kasallik haqidagi bilimni oshirish muhimdir.  

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1