Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasidan davolanayotgan toshkentlik 72 yoshli M. (erkak) bugun, 3 iyun kuni o`pka-yurak etishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o`tkir buzilishidan vafot etdi, deya xabar bermoqda Sog`liqni saqlash vazirligi.
Bemorda “Covid-19” 2 iyun kuni aniqlangan va Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan. Marhum uzoq yillardan buyon yurak ishemik kasalligi, zo`riqish stenokardiyasi, gipertoniya kasalligi, qandli diabetning ikkinchi turi tashxisi bilan davolanib kelgan. 2000 va 2019 yillarda u ikki marta miokard infarktini o`tkazgan.
Bemor so`nggi lahzalarida jonlantirish bo`limida sun`iy nafas olish apparatida bo`lgan.
Ayni paytga qadar respublikamizda koronavirusdan vafot etganlar 16 nafarga etdi.