AsosiyJamiyat

Uyingizdagi hayvonlarning sog`lig`iga befarq bo`lmang!

Uyingizdagi chorva mollari yoki it-mushuklarning o`z vaqtida emlanishiga qay darajada e`tiborlisiz. E`tiborsizlik oqibatida hayvonlardagi  kasalliklar sizning hg`am hayotingizni xavf ostiga tushirishidan xabaringiz bormi? Uy hayvonlarini emlash va ularda bo`ladigan boshqa ko`plab yuqumli kasaliklar haqida Toshkent shahar davlat veterinariya  boshqarmasi epizotologi Tursunov Ermatga quyidagi savollar bilan murojaat qildik.

—Bugungi kunda chorva mollarimizga qanday kasaliklar xavf solishi mumkin?

—Asosan chorva mollari o`rtasida qayd qilinadigan kasallik bu kuydirgi. Uni qo`zg`atuvchi mikroblar yuz yilgacha tuproq ostida yotishi mumkin. Shu sababli kasallik qayd qilingan erlarda qurilish ishlarini 100 yilgacha amalga oshirib bo`lmaydi. Ko`p uchraydigan kasalliklaridan yana biri - oqsil. Bunda molning harorati ko`tarilib, suti kamayadi, tuyoqlari tushib ketadi. Brusellyoz yoki qora oqsoq ham  xavfli yuqumli kasalliklardan biri. Mazkur kasallikka chalingan qoramol bo`g`oz bo`lsa 6-7 oyligida bola tashlaydi, yo`ldoshi esa tushmasdan qornida qolib ketishi mumkin. Bu kasallikning eng yomon asoratlari shundaki kasallik insonga sigirning suti, qaymog`i, go`shti orqali,  qo`ra yoki molxonanin tozalayotganda havo tomchi yo`li bilan o`tishi mumkin. Kasallik yuqishi oqibatida ayol kishi 6-7 oyligida bola tashlashi, erkak kishini esa bepushtlikkacha  olib kelishi mumkin.

Fakt

Ayni paytda birgina Toshkent shahrining o`zida 8450 bosh qoramol, 9100 qo`y, 482 ot, 1yuzi ikki mingta parranda va 62 mingdan ziyod  it va mushuklar mavjud.

—Qanday chora-tadbirlar ko`rish natijasida kasalliklarning oldini olsa bo`ladi?

Bu kasalliklarga qarshi hayvonni emlash kerak bo`ladi, emlama vaksinasi Respublika veterinariya bosh boshqarmasi tomonidan bepul beriladi. Biz ham uyma-uy yurib, kimning uyida chorva mollari bo`lsa aniqlab, ko`rikdan o`tkazib ushbu kasalliklarga qarshi emlash ishlarini amalga oshiriramiz.

Kasallik aniqlangan chorva mollarining go`shti ham iste`molga  yaroqsiz bo`lib qolar ekan-da?

- Bunday holatda mol so`yilib, qora molning go`shti usti ochiq qozonda uch soat pishiriladi. Mayda shoxli hayvonlarda qora oqsoq kasalligi xavfliroq bo`lganligi sababli 1,5- 2 kgdan qilib maydalanib, usti ochiq qozonda uch soat pishirilib egasiga qaytarib beriladi. Bu go`shtni iste`mol qilish mumkin, chunki u to`la zararsizlantiriladi

—Kuchuk, mushuk kabi hayvonlar kasallikka chalinsa, qanday yo`l tutish kerak?

- Toshkent shahridagi har bir tumanda veteraneriya bo`limlari mavjud. Uyga olib kelingan har bir yangi it  quturishga qarshi 7 kun ichida emlanishi kerak. Agar mobodo it odamni yoki hayvonni tishlagan taqdirda ham darhol tuman veteranariya bo`limiga etib borishi kerak.

Mazkur kasalliklarni emlash mavsumi bormi?

—Har bir kasalliklarga qarshi asosan bahorda emlash ishlarini amalga oshiramiz.  Kuydirgi kasalligiga qarshi  yilda bir marta emlansa, oqsil kasalligiga qarshi emlash yilda ikki marta amalga oshiriladi. Quturishga qarshi uch oylikkacha bo`lgan kuchuk bolalari emalanadi va bu holat 14 kundan keyin yana qaytariladi. Keyinchalik emlash  bir yilda bir martda amalga oshiriladi.

—Shaharda it va mushuklarni saqlash va sayrga olib chiqish bo`yicha qanday qoidalar, yo`l-yo`riqlar joriy qilingan?

—Ko`chalarda itlarni  sayrga olib chiquvchilar 14 yoshdan oshgan bo`lishi, itlarning  tumshug`ida tuimshuqbog` taqilishi,  tasmasi kalta bo`lishi kerak. Qachonki qo`shnilari rozi bo`lsagina har bir xonadon egasi  bitta it va bitta mushuk boqishi mumkin. Agar mabodo mahallangizda yoki ko`p qavatli uylaringiz oldida daydi it yoki mushuklarga ko`zingiz tushsa, Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasi qoshida daydi va qarovsiz itlarni tutish tashkilotining 2274801, 2274805, 2477227 telefonlariga qo`ng`iroq qiling, shunda maxsus avtomoshinada ularni tutib olib ketishadi.

                                      Feruz MUHAMMAD tayyorladi. 

    Boshqa yangiliklar