Kuni kecha Nyu-york shahrida O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar Vaziri Abdulaziz Kamilov va AQSh Davlat kotibining birinchi o`rinbosari Antoni Jon Blinken o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi.
Suhbat chog`ida O`zbekiston-AQSh kun tartibi hamda munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Ba`zi mintaqaviy muammolar ham muhokama qilindi.
26 sentyabr kuni O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi AQSh Davlat departamenti vakillari – davlat kotibi yordamchisi Nisha Desai Bisval, davlat kotibi yordamchisining birinchi o`rinbosari Todd Chapman bilan uchrashdi.





