Ayni raytda O`zbekistonning 4 ta viloyatida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

Jamiyat 05.06.2020, 10:01
Ayni raytda O`zbekistonning 4 ta viloyatida koronavirusga chalinganlar aniqlandi

2020 yil 5 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3965 (+26) nafarni tashkil etmoqda.

 

🔴Yangi kasallanish holatlarining 12 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 5 nafari Samarqand viloyatida hamda yana 5 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib karantinga olingan fuqarolarda, 2 nafari Sirdaryo viloyatida hamda 1 nafari Toshkent viloyatida Rossiyadan chegara post orqali yurtimizga kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, qolgan 1 nafari esa Toshkent shahrida aholi orasida aniqlangan.

 

❗️Ayni paytda yurtimizda 3087 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aygan.  

 

‼️Hozirda mamlakatimizda 862 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 9 nafari og`ir, 1 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1