AsosiyJamiyat

“Haj-2015” mavsumi ziyoratchilari O`zbekistonga qayta boshladilar

Kecha 28 sentyabr kuni kechqurun Muborak Haj safaridan qaytayotgan 255 ta ziyoratchilardan iborat dastlabki guruhlari kutib olindi.

Joriy yilning 28 sentyabr 8 oktyabr kunlari o`zbekistonlik hojilarni “O`zbekiston havo yo`llari” Milliy aviakompaniyasi samolyotlarida Jidda-Toshkent, Jidda-Buxoro, Jidda-Farg`ona, Jidda-Andijon, Jidda-Samarqand, Jidda-Termiz, Jidda-Qarshi hamda Jidda-Urganch yo`nalishlari bo`yicha Vatanimizga olib kelish rejalashtirilgan.

Kutib olish ishlari Din ishlari bo`yicha qo`mita, O`zbekiston musulmonlari idorasi, mutasaddi vazirlik va idoralar hamkorligida amalga oshirilmoqda.
Bugun 29 sentyabr o`zbekistonlik ziyoratchilarning navbatdagi 2 reysda, ziyoratchilarni Jidda – Toshkent va Jidda – Namangan yo`nalishlari bo`yicha kutib olish rejalashtirilgan.

Hojilarimiz Vatanga ko`tarinki kayfiyatda qaytar ekanlar, o`z hursandchiliklari bilan o`rtoqlashdilar. Jumladan, Toshkentlik ziyoratchi Ishmuxamedova Miyassar (1940 yil) shunday deydi: Biz Yaratganga shukr aytishimiz kerak. Obod va ozod yurt – O`zbekistondan Madina, Makka shaharlariga borib sog`-salomat Haj amallarini bajarib qaytdik.
Toshkentdan jo`nab ketganimizdan, mana hozirda ham hurmat, e`zoz, turli qulayliklar guvohi bo`lib turibmiz. Ishchi guruhi, shifokorlar tomonidan bizga ko`rsatilgan xizmatlari, oshpazlar tayyorlab bergan mazali taomlari, mehmonxonadagi sharoitlar va boshqa barcha xizmatlar uchun Yurtboshimiz boshchiligida barcha mutasaddilarga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Biz yurtimiz tinchligi, obod va farovonligini tilab barcha qadamjo, masjidlar va Arafotda turib duolar qildik. Bu yilgi Haj ba`zi davlat hojilari uchun mashaqqatli kechdi, ba`zilari talofat ko`rdilar. O`zbekistonlik hojilar ishchi guruhi, ellikboshilarning ko`rsatmalariga rioya qilganlari uchun ham tinch va omonlikda amallarni bajarishga muvaffaq bo`ldi. Bunday uyushqoqlik bilan tashkil qilingan ish, diqqat va e`tibor ko`rsatayotgan Prezidentimizga o`z minnatdorchiliklarimizni bildiramiz.
Shuningdek, Toshkentlik ziyoratchi Xabibov Xalil: Bunday tartib bilan tashkil etilgan ziyorat uchun barcha mas`ullarga rahmat deyish arziydi. Hamma amallarimiz tartib va osonlik bilan bajarildi. Ishchi guruhining joylardagi harakatlari, guruhboshilarning ibodatlarimizga bergan ahamiyatlari, shifokorlarning ustaligi, oshpazlarning tayyorlaga ovqatlari, hammasi o`z joyida va paytida, bo`ldi. Murojaat qilsak, labbay deya javob berishardi.
Bunday tartib, bunday intizom, xizmat ko`rsatgan barcha xodimlar biz ziyoratchilarga birdek e`tibor berishlari, Toshkentdan ketib to qaytib kelganimizgacha bo`lgan barcha sharoit va tartib, diqqat va e`tibor uchun avvalo, Yurtboshimiz, qolaversa Hukumatimizga o`z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Yurtimiz tinch va obod bo`lsin deya qo`llarimiz duoda.

 

    Boshqa yangiliklar