AsosiyDunyo

Nobel mukofoti qo`mitasida mojaro

Yaqinda Nobel qo`mitasi kotibi Geyr Lundestad “Dunyo kotibi” nomi ostida  memuar kitobini sotuvga chiqardi.  

Unda keltirilgan ayrim ma`lumotlar keng jamoatchilik e`tiborini tortdi.  Lundestad o`z kitobida so`nggi 25 yil ichida mukofot nima evaziga topshirilayotgaini bayon etdi. Nobel mukofoti qo`mitasining ta`kidlashicha, u 50 yil ichida ommaga oshkor etilishi mumkitn bo`lmagan sirlarni o`z kitobida oshkor qilib, qshmita qonun-qoidalarini qo`pol ravishda buzgan.

Lundestad qo`mitada 1990 yildan 2015 yilgacha faoliyat yuritgan.  Chet el OAVlarining xabar berishicha, Lundestad mukofotga tavsiya etilgan nomzodlarni saralash yig`inlarida ishtirok etgan, ammo ovoz berish huquqiga ega bo`lmagan.  Qo`mita sobiq xodimi Lundestad o`z navbatida qo`mita qonun-qoidalarini hurmat qilishini, ammo dunyoga mashhur bu mukofot haqida insonlar ko`proq ma`lumotga ega bo`lishlarini istashini aytdi. Bundan tashqari, kitob muallifi nima sababdan bironta Rim Papasi bu nufuzli mukofotga loyiq deb topilmagani sababini  ham oshkor etdi. Uning aytishicha, qo`mita hakamlar hay`ati a`zosi Gunnar Staalsett  Rim papalarini yoqtirmagan, shu sababli ham bironta Rim Papasi bu mukofotni olmagan. 

    Boshqa yangiliklar