1

17-o`lim: Poytaxtda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

Jamiyat 06.06.2020, 19:23
17-o`lim: Poytaxtda yana bir bemor koronavirusdan vafot etdi

Qayd etilgan o`lim holati bo`yicha SSV quyidagilarni ma`lum qildi. 

"27- may kuni poytaxtlik Sh. avtohalokatga uchrab, tez tibbiy yordam mashinasida bosh miya yopiq jarohati dastlabki tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelinadi. 

O`sha paytda unda tana haroratini yuqoriligi va koronavirus alomatlari ko`ringanligi  sababli tahlil olinadi. O`tkazilgan  tekshiruv  natijasida 70 yoshli (erkak) bemorda “Covid-19” infeksiyasi  tasdiqlanadi.

Shundan so`ng unga ixtisoslashgan tibbiy yordam ko`rsatish maqsadida Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan.  

U avvaldan bosh miya o`smasi, yurak ishemik va gipertoniya kasalligi, gepatit, pnevmoniya, surunkali yurak, buyrak va jigar etishmovchiligi tashxisi bilan davolanib kelgan.

Bemorning o`tgan davolanish vaqti davomida vazirlikning turli soha yo`nalishlari bo`yicha bosh mutaxassislarining xalqaro standartlar bo`yicha bergan  tavsiyalari asosida shifokorlar barcha kerakli tibbiy muolajalarni amalga oshirishgan. Bundan tashqari, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mutaxassislari tomonidan telemedisina orqali konsiliumlar ham  o`tkazilib, doimiy nazoratga olingan.  

Biroq so`nggi kunlarda bemorda nafas etishmovchiligini kuchayishi natijasida ahvoli keskin yomonlashgan va sun`iy nafas olish apparatiga olingan. Standartlar asosida ko`rsatilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor miya shishi, o`tkir nafas va yurak qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1