Italiyalik bir guruh olimlarning so`zlariga ko`ra, ular tomonidan topeilgan qoldiqlar Leonardo da Vinchining mashhur asari qag`ramoniga tegishli bo`lishi mumkin.
Zamonaviy texnologiyalar yordamida qoldiqlar kimga tegishligini aniq aytib berish mushkul. Ammo, mutaxasislar ularning taniqli savdogar Franchesko del Jokondaning rafiqasi Liza Gerardiniga tegishliligini taxmin qilishmoqda.
Ko`plab arxeologlar bu ayol hayotining so`nggi kunlarini o`tkazgan ibodatxonadan uning qoldiqlarini izlashmoqda. Ish jarayonida Jokonda oilasiga m ansub deya gumon qilingan qabrlar ochilib, DNK tekshiruvidan o`tkazilgan. Tadqiqotlarga ko`ra, qabrlardan faqatgina bittasi Liza Liza Gerardini yashagan davrga mansub deb topilgan. Italiya tarixiy va madaniy merosini rivojlantirish qo`mitasi rahbari Silvano Vinchetining so`zlariga ko`ra, dafn etilgan joy va hujjatlarga ko`ra bu qoldiqlar Gerardiniga tegishli.