Miyadzaki 105 yoshdan oshgan keksalar o`rtasida 100 metr masofani 42,22 soniyada bosib o`tib, jahon rekordini yangiladi. Miyadzaki «Oltin Bolt» e`tirofiga munosib deb topildi. Unga qadar bu rekord yamanlik Xusayn Boltga tegishli edi.
Men natijadan qoniqmadim,-dedi Miyadzaki,- o`ylashimcha, bundan ham tezroq yugurishim mumkin edi. Men albatta o`z ustimda ishlayman va 100 metr masofani 35 soniyada bosib o`tishni maqsad qildim. Dunyoning eng keksa insonlaridan birining so`zlariga ko`ra, u yana bir necha yil sportning yugurish turi bilan shug`ullanishni istashini ta`kidlamoqda. Shuningdek, Xusayn Boltning shaxsan o`zi bilan musobaqalashish istagini bildirgan.
“Bundan bir necha yil ilgari u uyimga tashrif buyurgan, afsuski o`sha payt men uyda yo`q edim” deydi Miyadzaki.





