AsosiySport

HAMYuRTIMIZ VLADA YaKShIBAROVA "TAShKENT OPEN"DAGI YuRIShINI TO`XTATDI

Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida davom etayotgan xotin-qiz tennischilar o`rtasidagi Tashkent Open-2015 an`anaviy xalqaro turniri o`zining hal qiluvchi pallasiga kirdi.
Mukofot jamg`armasi 250 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi mazkur xalqaro turnirning juftliklar bahslarida uch nafar hamyurtimiz muvaffaqiyatli odimlayotgani haqida xabar bergan edik. Afsuski, tennischilarimizdan biri o`z ishtirokini to`xtatdi.
Rossiyalik Angelina Gabueva bilan tandem hosil qilgan Vlada Yakshibarova rossiyalik Ekaterina Bichkova hamda shveysariyalik Stefani Fogel juftligiga 6:4, 1:6, tay-brekda 7:10 hisobida imkoniyatni boy berib qo`ydi.
Nigina Abduraimova va Oqgul Omonmurodovadan iborat tennischilarimiz juftligi esa kecha ukrainalik tennischilar – Katerina Kozlova va Alyona Fomina juftligidan 6:4, 6:2 hisobida ustun kelishgandi. Birozdan so`ng ular rossiyalik Vera Dushevina hamda chexiyalik Katerina Sinyakova hamkorligiga qarshi kortga chiqishadi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar