AsosiyDunyo

AQShda neft qazib olish hajmi pasaytirilgach, dunyo bozorida neft narxlari o`sdi

5 oktyabr kuni dunyo bozorida neft narxi ko`tarildi. Bunga AQShda mahsulotni qazib chiqarishning kamayishi sabab sifatida ko`rilmoqda. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Brent turidagi neft narxi London birjasidagi savdolarga ko`ra 0,23 (0,48 foiz) dollarga ko`tarilgan va bir barreli 48,36 dollarni tashkil etgan.

WTI turidagi neft narxi esa Nyu-York tovar birjasidagi elektron savdolar yakuni bo`yicha 0,29 (0,64 foiz) dollarga oshgan va bir barreli 45,83 dollarga baholangan.

O`tgan haftada Brent turidagi neft narxi 1 foizga, WTI turidagi neft narxi 0,3 foizga pasaygandi.

Baker Hughes kompaniyasi ma`lumotlariga ko`ra, shu haftada AQShdagi neft qazib olish nuqtalari 26taga kamaygan va 614taga tushgan. Bu keyingi 5 yil ichidagi eng past ko`rsatkich hisoblanadi.

Bundan tashqari, AQSh energetika vazirligi har kuni qazib olinadigan neft hajmini 40 ming barrelga kamaytirish va kunlik hajmni 9,1 mln barrelga tushirish haqida qaror qilgani ma`lum bo`lgan.

    Boshqa yangiliklar