Gonkong ma`muriyatining sobiq rahbari Donald Tsang o`ziga qarshi ochilgan korrupsiyaga oid tergov bo`yicha ko`rsatma berish uchun sudga chaqirilgan. Bu haqda mahalliy OAVga tayanib, “TASS” xabar bermoqda. “Oxirgi uch yarim yil mobaynida men korrupsiyaga qarshi kurashish bo`yicha mustaqil komissiya bilan har tomonlama hamkorlik qilib keldim. Mening vijdonim toza. Sud ishni ko`rib chiqqanidan keyin meni oqlashiga ishonaman”, — deydi Tsang o`z bayonotida.
70 yoshli siyosatchi hokimiyat tepasida o`tirgan 2005—2012-yillarda horijda dam olish uchun tanishlarining xususiy samolyotlari va yaxtalari “xizmati”dan foydalangan. Bundan tashqari, xitoylik magnatlardan biri qo`shni Shenchjen shahridan imtiyozli ijara sharti asosida dabdabali saroylar sovg`a qilgan.
2012-yilda jamoatchilikka oshkor bo`lgan bu faktlar to`polonlarga sabab bo`lgan.
05.10.2015 15:03