1

Otabek Mahkamov: "AQShda menga 1200 dollar nafaqa berishdi. Yuzimni "g`ishtday" qilib, bepul oziq-ovqat ham oldim"

Madaniyat 08.06.2020, 20:51
Otabek Mahkamov: "AQShda menga 1200 dollar nafaqa berishdi. Yuzimni "g`ishtday" qilib, bepul oziq-ovqat ham oldim"

Taniqli aktyor, huquqshunos, boshlovchi va bloger Otabek Mahkamov pandemiya paytida AQShda bo`lib turibdi. U o`zining xorijdagi hayoti haqida ijtimoiy tarmoqda xabar qoldirdi. Jumladan u shunday deb yozgan:

"Pandemiya boshlanganidan beri, o`z ishimni 70%ga yo`qotdim, lekin, AKSh hukumati menga 1 200 dollar kompensasiya to`ladi, shuning uchun bizning mahallada berilayotgan bepul oziq-ovqatlarni olgani uyalgandim.

Lekin, kecha Rossiya telekanallari "Amerikada berilayotgan bepul oziq-ovqat bu yolg`on" ekanligi to`g`risida lavhalarni ko`rganimdan keyin, bugun, yuzimni g`ishday qilib mahallamizdagi maxsus punktga borib, barcha hujjatlarimni olib el katori navbatga turdim.

Natijada, yarim soat ichida navbatim kelganida, mendan, hech qanday hujjat, mahalladan tavsiyanoma, taklifnoma, guvohnoma yoki gunohnoma so`ralmagan holda, stolimning ustida turgan hamma oziq-ovqatlarni tantanali tarzda qo`limga topshirishdi", deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1