AsosiyDunyo

Jahon banki qashshoqlik darajasi kamayayotganini ma`lum qildi

2015-yilda qashshoqlik darajasi birinchi marotaba sayyora aholisining 10 foizidan kamrog`ini tashkil etadi. Bu haqda Jahon banki ma`ruzasiga tayanib, “RIA Novosti”xabar bermoqda.
“Bu dunyodagi bugunning eng yaxshi xabari. Mazkur ma‘lumotlar qashshoqlikning o`ta og`ir ko`rinishlariga nuqta qo`ygan insoniyat tarixidagi birinchi avlod bo`lishimizdan darak beradi”, — deydi bank prezidenti Jim Yon Kim.
Jahon banki taxminlariga qaraganda, 702 million kishi yoki er yuzi aholisining 9,6 foizi qashshoqlikda yashamoqda. Ularning aksariyati Osiyo va Afrika davlatlari hissasiga to`g`ri keladi. 2012-yilda qashshoqlar soni 902 million kishi (sayyora aholisining 13 foizi)ni tashkil etgan. 1999-yilda bu raqam 29% dan iborat bo`lgan.
Jahon banki prezidentining aytishicha, rivojlanayotgan davlatlar iqtisodiyotining faollashuvi hamda ta`lim va sog`liqni saqlash sohalariga yo`naltirilgan sarmoyalarning oshishi qashshoqlar sonining kamayishiga sabab bo`ldi
 

    Boshqa yangiliklar