Xitoy janubiga yopirilgan «Muchjige» kuchli tropik to`foni natijasida halok bo`lganlar soni 6, jarohatlanganlar soni esa 215 nafarga etdi. Bu haqda Xitoy markaziy televideniesi (CCTV) ma`lumotiga asoslanib, «RIA Novosti» xabar bermoqda.
Dushanba, 10:00 (mahalliy vaqt bilan) holatiga ko`ra, «Muchjige» to`foni natijasida 6 nafar kishi halok bo`lgan, 215 nafar odam esa yaralangan. Halok bo`lganlarning 3 nafari va jarohatlanganlarning 214 nafari Guanchjou shahrining Panyuy uezdidan. Qolganlar esa Foshan shahrining Shunde tumanidan», — deb xabar qiladi telekanal.
«Muchjige» to`foni 4 oktyabr, yakshanba kuni kunduzi Guandun provinsiyasiga etib kelgan, kechqurun esa Guansi-Chjuan muxtor tumanigacha borgandi. Sinxua agentligining ma`lum qilishicha, tumandagi 870 ming kishi falokat ostida qolgan, 50 ming nafardan ortiq kishi esa ko`chirilgan edi. Tabiiy ofat mamlakat qishloq xo`jaligi erlari hamda binolariga jiddiy zarar etkazgan.
Eslatib o`tamiz, Xitoy janubiga «Muchjige» tropik to`foni yaqinlashib kelayotgani munosabati bilan hududda xavfning «qizil» darajasi e`lon qilingan edi.