AsosiyJamiyat

72 foiz sayyohlar O`zbekistondagi narxlarni maqbul deb hisoblaydi

2014 yil oxirida BMT Xalqaro turizm tashkilotining «Ipak yo`li merosi yo`laklari» loyihasi doirasida ijtimoiy so`rov o`tkazildi va uning natijalariga ko`ra, «O`zbekiston sayyohlar nigohida. 2014 yilgi iqtisodiy ko`rsatkichlar bo`yicha O`zbekistonning xalqaro tashrifchilari o`rtasidagi so`rov natijalari» maqolasi e`lon qilindi. Bu haqda «O`zbekturizm» milliy kompaniyasi xabar bermoqda.

Unda aytilishicha, O`zbekistonga tashrif buyurayotgan xorijiy sayyohlar soni o`sgan: 2009 yilda ular 1,2 million kishini tashkil etgan bo`lsa, 2013 yilda 2 million kishiga etgan. O`zbekistonga kelayotganlarning ko`pchiligi Rossiya, Turkiya, Hindiston, Germaniya va Koreya fuqarolaridir.

So`ralganlarning 72 foizi respublikadagi narxlarni sayyohlar uchun maqbul deb atadi. 83 foiz sayyohlar O`zbekistonga sayohatni xavfsiz deb hisoblaydi, ularning 76 foizi o`z yaqinlariga ushbu mamlakatga safar qilishni tavsiya etadi. So`rov ishtirokchilarining 89 f oizi o`zbek xalqining mehmondo`stligini qayd etdi.

    Boshqa yangiliklar