Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaning Evropa Ittifoqiga to`laqonli a`zo bo`lishiga qarshi ekanini yana bir bor ma`lum qildi. Bu haqda Germaniya hukumati rahbari 7 oktyabr kuni kechqurun ARD telekanalidagi tok-shouda aytib o`tdi.
“Men Turkiyaning Evropa Ittifoqi a`zoligiga doimo qarshi bo`lganman va ushbu fikrda qolaman”, - dedi Merkel.
Biroq uning fikricha, Evropa to`qnash kelib turgan muhojirlar inqirozini hal etishda Turkiya bilan muloqotlarni qo`llab-quvvatlash zarur. “Haqiqatdan biz bir-birimizga kerakmiz”, - deya qo`shimcha qildi u.





