AsosiyJamiyat

Tabiiy gaz uchun to`lovlarni amalga oshirish bo`yicha interfaol xizmat ishga tushirildi

“O`ztransgaz” AK iste`molchilarga qulaylik yaratish maqsadida o`z veb-resurslari orqali interfaol xizmatlar ko`rsatish ishlarini takomillashtirmoqda.

Ayni paytda uztg.uz veb-portalida “shaxsiy kabinet” xizmati ishlab chiqilgan bo`lib, bu erda tabiiy gaz uchun to`lovlar holatiga doir batafsil hisobot keltirilgan. mbank.uz va smstulov.uz saytlarida gaz uchun to`lovlarni amalga oshirish bo`yicha interfaol xizmat ishga tushirildi, deb xabar beradi O`zA.

Kompaniyaning uztransgaz.uz veb-saytida tabiiy gaz tariflariga oid ma`lumotlar yangilanib, gazdan foydalanish bo`yicha yangi hujjatlar joylashtirib boriladi.Tijorat banklari bilan hamkorlikda tabiiy gaz uchun to`lovlarni elektron plastik kartochkalar orqali qabul qilish punktlari tarmog`i kengaytirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar