Samarqand viloyatida 8 nafar va Navoiy viloyatida 4 nafar, jami 12 nafar bemor sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi.
Shu vaqtgacha Samarqandda jami 383 holatda kasallik qayd etilib, 327 nafari sog`aygan bo`lsa, endilikda infeksiyadan forig` bo`lganlar soni 335 nafarga etdi. Ayni paytda viloyatda infeksiyaga chalingan 46 nafar bemor davolanmoqda.
Navoiy viloyatida bugun 4 nafar bemor sog`ayib, tuzalganlar soni 154 nafarga etdi. Hozirda viloyatda 106 nafar bemor ushbu infeksiyaga qarshi shifo olmoqda. Shu kunlarda ushbu bemorlarni davolashda viloyatdagi maxalliy shifokorlarga Sog`liqni saqlash vazirligi tomonidan yuborilgan bir guruh mutaxassislar ham yaqindan yordam berishmoqda.
Ayni paytga qadar mamlakatimizda koronavirus infeksiyasiga chalinganlar soni 4717 nafarni tashkil etmoqda. Kasallikdan sog`ayganlar soni esa 3623 nafarga etdi. Bu ko`rsatkich infeksiya aniqlangan bemorlarning 76 foizi sog`ayganligini bildiradi.






