AsosiyJamiyat

«O`zbekiston temir yo`llari» chiptalarni internet orqali sotishni yo`lga qo`yadi

2015 yilning 12 oktyabr kunidan boshlab "Afrosiyob" tezyurar poezdlari uchun chiptalarni elektron shaklda xarid qilish mumkin bo`ladi. Bu haqda «O`zbekiston temir yo`llari» OAJ matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Endilikda elektron chiptalarni «Uzkart» yordamida xarid qilish mumkin bo`ladi.

Bank kartalari orqali to`lovlarni amalga oshirish uchun MBANK to`lov tizimi ma`lumotlarini tekshirish talab qilinadi.

To`lovlar bank hisoblariga so`m valyutasi vositasida mablag` o`tkazish yo`li bilan amalga oshirilishi mumkin. To`lov xavfsizligini ta`minlash maqsadida maxsus shifrlashdan (SSL) foydalaniladi. To`lov amalga oshirilgach, chiptalarning sotib olingani uzrailway.uz sayti orqali ro`yxatga olinadi (bepul).

O`zbekistondagi barcha elektron biletlar sotish shoxobchalarida xizmatlar bepulga ko`rsatilishi belgilangan.

    Boshqa yangiliklar