2020 yil 11 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4741 (+24) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda.
Yangi kasallanish holatlarining 11 nafari Karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 11 nafari Toshkent shahri va 1 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida hamda 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida qayd etildi.
Ayni paytda yurtimizda 3637 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (76 foizi) sog`aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1085 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo muolajalari ko`rsatilmoqda.






