Global Tinchlik Indeksi (Global Peace Index)da Islandiya yana bir bor dunyodagi eng xavfsiz mamlakat deb tan olindi.
«Iqtisodiyot va tinchlik» tahliliy markazi e`lon qilgan natijalarga ko`ra, ikkinchi o`rinda Yangi Zelandiya, uchinchi o`rinda Portugaliya turibdi. Shuningdek, Avstriya, Daniya, Kanada, Singapur, Chexiya, Yaponiya va Shveysariya kuchli o`nlikka kirdi.
Hisobotni tuzuvchilar «Xavfsizlik va himoya», «Harbiylashtirish» va «Uzluksiz to`qnashuv» toifalari bo`yicha ko`rsatkichlari yaxshilanganiga qaramay, Rossiya yana Sudan va Markaziy Afrika Respublikasi o`rtasida 154-o`rinni egalladi.
Reytingda jami 163 mamlakat mavjud. Eng quyi o`rinlarni Iroq, Suriya va Afg`oniston egalladi. Global Peace Index Iqtisodiyot va tinchlik instituti xalqaro ekspertlar guruhi tomonidan ishlab chiqilgan. Ro`yxat 2007 yildan beri har yili tuziladi.






