AsosiyJamiyat

Qashqadaryo viloyati perinatal markazi ginekologi bemordan operasiya uchun 2 million so`m talab qildi

'Qashqadaryo viloyati perinatal markazi ginekologi bemordan operasiya uchun 2 million so`m talab qildi'ning rasmi

Qashqadaryo viloyati perinatal markazi bo`lim boshlig`i J.E. ta`magirlikka qo`l urdi, deya yozmoqda Postda

Ma`lum bo`lishicha, viloyat perinatal markazida ginekologiya bo`limi boshlig`i lavozimida ishlab kelgan J.E. Qarshi shahridagi “Qarliqobod” mahalla fuqarolar yig`inida yashovchi fuqaro, uy bekasi R.D.da ginekologik jarrohlik amaliyotini o`tkazadi. Shundan so`ng ayni shu “xizmati” uchun undan 2 000 000 so`m pul talab qiladi.  

Qarshi shahar IIOFMB tezkor xodimlari va boshqa huquq-tartibot organlari vakilari hamkorligida o`tkazilgan tezkor tadbirda shifokor fuqarodan 1 500 000 so`m miqdoridagi pulni o`z xizmat xonasida olgan vaqtida ushlandi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar