2020 yil 12 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4819 (+78) nafarni tashkil etmoqda.
🔴Yangi kasallanish holatlarining 66 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 5 nafari Sirdaryo viloyatida (shundan 4 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib karantinga olingan, 1 nafari esa xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi), 5 nafari Buxoro viloyatida hamda 2 nafari Samarqand viloyati Urgut tumanida aholi orasida aniqlangan.
❗️Ayni paytda yurtimizda 3637 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (75 foiz) sog`aygan.
❗️Hozirda mamlakatimizda 1163 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 12 nafari og`ir, 2 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






