Bu yilgi maktab bitiruvchilari tomonidan noan`anaviy, ammo qizg`in kutib olingan onlayn “So`nggi qo`ng`iroq” marosimining mantiqiy davomi sifatida 13 iyun kuni soat 18:00da UZREPORT TV telekanali, Xalq ta`limi vazirligi va Toshkent shahar hokimligi hamkorligida onlayn “Bitiruv oqshomi” tashkil etilmoqda. haqda Toshkent shahar hokimligi xabar bermoqda.
"Bu bayram har bir insonning hayotida bir marotaba nishonlanadi. Shu sabab tashkilotchilar bu kunni bitiruvchilarga ajoyib tuhfa bo`lishi uchun qizg`in harakat qilmoqdalar.
Hurmatli ota-onalar!
Sizlardan maktabni tamomlayotgan farzandingiz uchun oila a`zolaringiz bilan o`z uyingizda unutilmas bayram kechasini tashkil etishni iltimos qilamiz.
Aziz bitiruvchilar!
"Bitiruv oqshomi"da kayfiyatingiz a`lo bo`lsin. Ushbu kechada maktab yillaridagi xotirlaringizni, birinchi o`qituvchingizni, barcha ustozlaringizni minnatdorlik bilan eslashingizni so`raymiz. Katta hayotga bosayotgan ilk qadami fayzli bo`lsin!" deyiladi Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati xabarida.






