AsosiyJamiyat

O`qishini ko`chirmoqchi va qayta tiklamoqchi bo`lgan talabalar diqqatiga!

'O`qishini ko`chirmoqchi va qayta tiklamoqchi bo`lgan talabalar diqqatiga!'ning rasmi

Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi talabalar o`qishini ko`chirish va qayta tiklash bo`yicha ma`lumotlarni e`lon qildi.
Talabalar o`qishini ko`chirish va qayta tiklash Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyundagi 393-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`qishini ko`chirish, qayta tiklash va o`qishdan chetlashtirish tartibi to`g`risida”gi Nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Nizomga muvofiq fuqarolar o`qishini ko`chirish uchun Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi tomonidan tashkil etiladigan hududiy ishchi guruhiga 2020-yil 15-iyuldan 5-avgustga qadar bo`lgan muddatda murojaat qilishi mumkin.

  • Koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan vaziyatni inobatga olib, talabalar o`qishini ko`chirish, qayta tiklash jarayonini tashkil etishda onlayn tartibda hujjatlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.
  •  Bir oliy ta`lim muassasasi doirasida oliy ta`limning mos va turdosh yo`nalishlari hamda mos mutaxassisliklari bo`yicha talabalar o`qishini ko`chirish va qayta tiklash shu oliy ta`lim muassasasi rektorining buyrug`i asosida amalga oshiriladi.
  •  Xorijiy oliy ta`lim muassasalaridan talabalar o`qishini ko`chirish, ko`chirib tiklash O`zbekiston Respublikasi ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilish bo`yicha Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi.
  •  Xorijiy davlatlarning akkreditasiyaga ega bo`lmagan oliy ta`lim muassasalarida yoki ularning filiallarida ta`lim olgan fuqarolarning o`qishini O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga ko`chirish to`g`risidagi arizasiga rad javobi beriladi.
  •  Xorijiy oliy ta`lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o`qishini O`zbekiston Respublikasi oliy ta`lim muassasalariga ko`chirilishiga ruxsat etilmaydi.

     O`qishini ko`chirish istagini bildirgan fuqarolardan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
  •  Ko`chirish (qayta tiklash)ni istagan ta`lim yo`nalishi (mutaxassisligi), o`quv tili va shakli ko`rsatilgan holdagi ariza. Arizada o`qigan oliy ta`lim muassasasi va ta`lim yo`nalishi (mutaxassisligi), ta`lim shakli, maqsadli qabul bo`yicha o`qishga kirmaganligi, ko`chirish (qayta tiklash) sabablari, ko`chirish (qayta tiklash) qoidalari bilan tanishganligi ko`rsatiladi.
  • Talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma`lumotnoma nusxalari.
  • Pasport nusxasi.

    Boshqa yangiliklar