So`nggi kunlarda mamlakatimizga nisbatan salqin havo olib kirgan antisiklon chegarasi O`zbekiston hududidan chekinishni boshlaydi. Kunduzgi harorat asta-sekin ko`tarilib, 33-35 darajaga, shimolda, janub va cho`l zonasida 37 darajagacha etadi.
Butun respublika bo`yicha ob-havo yog`ingarchiliksiz bo`ladi, faqat tog`li tumanlarda kunning ikkinchi yarmida ayrim joylarga qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.
Dam olish kunlari respublika hududiga xorijiy janubdan issiq va quruq havo tarqaladi. Tungi harorat 18-20 daraja atrofida bo`ladi, kunduzi termometr ustunchasi 35-37 darajagacha, shimolda, janub va cho`l zonasida 38-40 darajagacha ko`tariladi, bu o`rtacha ko`p yillik qiymatlardan 2-4 darajaga yuqori.
Barcha viloyatlarda asosan havo ochiq bo`ladi, faqat respublikaning tog`li hududlarida shanba kuni ob-havo biroz beqaror bo`ladi, kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg`ir yog`ishi, momaqaldiroq bo`lishi mumkin.






