AsosiyJamiyat

15 iyundan buyum bozorlari qanday tartibda ishlaydi?

'15 iyundan buyum bozorlari qanday tartibda ishlaydi?'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o`rinbosari Botir Qurbonov 15 iyundanochiladigan buyum bozorlarining ishlash tartibi haqida batafsil ma`lumot berdi.

Unga ko`ra,

  •  buyum bozorlari har kuni ish boshlashidan oldin va ish vaqti tugaganidan so`ng dezinfeksiya qilinadi;
  • kirish-chiqish joylari pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion «to`shak»lar bilan jihozlanadi;
  • xaridorlar tibbiy niqob va qo`lqopda bo`lishi, ijtimoiy masofani saqlashi shart;
  • tana harorati 37*S  va undan yuqori bo`lgan, infeksiya alomatlari mavjud bo`lgan xaridorlar bozorga kiritilmaydi (ushbu fuqarolarni alohidalanadi va 103 raqami orqali tez tibbiy yordamga murojaat etiladi).

 

    Boshqa yangiliklar