Sog`liqni saqlash vazirligigining ma`lum qilishicha, poytaxtidagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 9 nafar, Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasida 50 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 4 nafar, jami 63 nafar bemor sog`aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.
️Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 7 nafari erkak, 2 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 55 yoshda, yoshi kichigi 2016 yil tug`ilgan.
️Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 48 nafari erkak, 2 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 46 yoshda, yoshi kichigi 2017 yil tug`ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Toshkent shahridan 46 nafar, Toshkent viloyati va Sirdaryo viloyatlaridan 2 nafardan.
️Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 3 nafari erkak, 1 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 38 yoshda, kichigi 5 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Surxondaryo viloyatidan 2 nafar, Toshkent shahri va Farg`ona viloyatidan 1 nafardan.
️Endilikda Toshkent shahridan koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 1733 nafarga etdi.
️Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog`ayganlar soni 3700 nafarga etdi.






