AsosiySIYOSAT

Matematika instituti barcha olimlar uchun ma`rifat markazi bo`ladi

Prezident Shavkat Mirziyoev 12 iyun kuni O`zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika ins...

'Matematika instituti barcha olimlar uchun ma`rifat markazi bo`ladi'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev 12 iyun kuni O`zbekiston Fanlar akademiyasining Matematika institutiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga shu yil yanvar oyidagi Murojaatnomasida har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo`nalishi rivojlantirilishini aytgan edi. Joriy yilda matematika ana shulardan biri sifatida belgilandi. 

Bu xalqimizni ham, ilmiy jamoatchilikni ham g`oyat quvontirdi. Chunki matematika yurtimizda chuqur tarixiy asosga ega va bugungi kunda taraqqiyot uchun g`oyat dolzarb.

Mamlakatimizda ushbu yo`nalishni rivojlantirishda Fanlar akademiyasining Matematika instituti katta o`rin tutadi. 1943 yilda tashkil etilgan bu dargoh o`tgan davrda matematik tadqiqotlarning yirik markazlaridan biriga aylangan. Bu erda shakllangan algebra va funksional analiz, differensial tenglamalar, ehtimollar nazariyasi va matematik statistika bo`yicha ilmiy maktablar jahon olimlari tomonidan e`tirof etilgan.

Lekin shu paytgacha institut eski, ta`mirtalab binoda ish yuritib kelayotgan edi.  Matematiklarga zamonaviy sharoitlar yaratish maqsadida Olmazor tumanidagi Talabalar shaharchasida yangi bino qurilib, foydalanishga topshirildi.

Prezidentimiz bu erda yaratilgan qulayliklar bilan tanishdi. Yangi imoratda 7 ta ilmiy laboratoriya va “Yosh matematiklar” markazi faoliyat yuritadi. Binoning shinam qavatlarida axborot-resurs markazi va seminar xonalari, akademik va tadqiqotchilar uchun kabinetlar, kutubxona, majlislar zali, oshxona joylashgan. Xonalar eng ilg`or texnika va uskunalar bilan jihozlangan.

    Boshqa yangiliklar