AsosiyJamiyat

Ayni soatda COVID-19 virusi qayd etilish holati yana 32 taga ortdi

'Ayni soatda COVID-19 virusi qayd etilish holati yana 32 taga ortdi'ning rasmi

2020 yil 12 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4869 (+32) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 22 nafari Karantin muassasalaridagi fuqarolar orasida, 5 nafari Toshkent viloyatida aholi orasida va yana 5 nafari esa Rossiyadan ushbu viloyatdagi "Zangiota" chegara posti orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilari orasida aniqlangan.

Ayni paytda yurtimizda 3758 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foizi) sog`aydi.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1092 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo muolajalari ko`rsatilmoqda.

    Boshqa yangiliklar