AsosiyJamiyat

Bugundan "Sardoba" toshqini sabab yopilgan Sirdaryodagi A-373 avtomobil yo`lida bir tomonlama yo`l ochildi

'Bugundan "Sardoba" toshqini sabab yopilgan Sirdaryodagi A-373 avtomobil yo`lida bir tomonlama yo`l ochildi'ning rasmi

Xabaringiz bor, 2020 yil 1 may kuni Sirdaryo viloyati joylashgan “Sardoba” suv ombori to`g`onida yuzaga kelgan favqulotda hodisa natijasida Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari hududlaridagi aholi yashash punktlari, suv toshqini yo`nalishidagi dala maydonlaridagi ekinlarga ham jiddiy talofat etdi.

Shu bilan bir qatorda ushbu suv toshqini natijasida yuqoridagi hududlardagi xalqaro, davlat va mahalliy avtomobil yo`llari, yo`l ko`priklariga ham jiddiy zarar etib transport vositalarini harakatlanishi cheklandi.

Tegishli tashkilotlar tomonidan olib borilgan qurilish-ta`mirlash, montaj ishlari davomida Oqoltin tumani hududidan o`tgan M-34 avtomobil yo`li bilan Guliston yo`nalishi bo`yicha o`tgan M-34 yo`lini bog`lab turuvchi A-373 xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo`lining 37 km.dan 0 km.gacha bo`lgan hududining "Toshkent-Samarqand" yo`nalishi 2020 yil 13 iyun kunidan transport vositalarining sutkaning yorug` vaqtida harakatlanishi uchun ochildi. Bu haqda IIV YHXBB Axborot xizmati ma`lum qildi.

"Yuqoridagilarni inobatga olib, viloyat hududidan boshqa viloyatlarga tranzit tartibida harakatlanib o`tib ketayotgan haydovchilar va fuqarolarga "Toshkent-Samarqand" yo`nalishi bo`yicha transport vositalarida harakatlanish vaqtida M-34 avtomobil yo`lining 103-km.dan A-373 avtomobil yo`lidan foydalangan holda harakatlanib o`tib ketishlari mumkinligi, lekin yo`lning ochilgan qismidagi yo`l o`tkazgich ko`priklarda ta`mirlash ishlari olib borilayotganligi hamda tirbandliklarni oldini olish maqsadida sutkaning qorong`u vaqtida transport vositalari M-34 avtomobil yo`lining 103 km. "Toshkent-Dushanbe" yo`nalishi bo`yicha harakatlanishda davom etishlari mumkinligini bildiramiz.

Shu bilan birga, Sirdaryo viloyatidan tranzit tarzda Jizzax yo`nalishidan Toshkent va vodiy viloyatlarga yo`l olgan transport vositalari haydovchilari A-373 avtomobil yo`lining 17-37 km.larida ta`mirlash ishlari ketayotganligi sababli Mirzaobod tumani xududidan o`tgan 4R-18A avtomobil yo`li orqali Guliston shahar yo`nalishi tomon harakatlanib M-34 avtomobil yo`lining 119 km.dagi chorrahaga chiqib Toshkent va vodiy viloyatlari tomon yo`nalishga chiqib ketishlari mumkin", - deyiladi xabarda.

    Boshqa yangiliklar