Davlat test markazi Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, 2020/2021 o`quv yilidan boshlab matematika ta`lim sohasi bo`yicha magistrlar to`liq davlat granti asosida tahsil oladi. Unga ko`ra:
* 130 000–Matematika ta`lim sohasi bo`yicha magistratura mutaxassisliklari uchun Davlat buyurtmasi parametrlari to`liq davlat granti asosida shakllantiriladi;
* davlat granti asosida bakalavriat va magistraturaga o`qishga qabul qilingan talabalarni o`qitish bilan bog`liq xarajatlar Davlat byudjeti mablag`lari hisobiga amalga oshiriladi.






