Afg`oniston poytaxti Qobulda juma namozi vaqtida portlash sodir bo`ldi. Voqea oqibatida, maxalliy fuqarolardan birining aytishicha, kamida 4 kishi halok bo`ldi, binoga jiddiy zarar etdi, deya yozmoqda O`zreport nashri.
Guvohlarning aytishicha, portlovchi modda Shir-Shoh-E-Suri masjidining binosiga joylashtirilgan edi.
Afg`oniston ichki ishlar vazirligi juma kuni e`lon qilgan bayonotida, portlash kamida to`rt kishining o`limiga sabab bo`lganini va ko`plab jarohat olganlar borligini xabar qildi.
Voqea uchun javobgarlikni hech kim bo`yniga olmadi.






