Bugun, 13 iyun ayni paytga qadar Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida 59 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 5 nafar, Samarqand viloyatida esa 15 nafar, jami 79 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlar sog`aydi. Bu haqda SSV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Xabarga ko`ra, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 43 nafari erkak, 16 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 64 yoshda, kichigi esa 2019 yil tug`ilgan.
Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Toshkent shahridan 15 nafar, Namangan viloyatidan 10 nafar, Toshkent viloyatidan 9 nafar, Samarqand viloyatidan 5 nafar, Buxoro va Surxondaryo viloyatlaridan 4 nafardan, Qoraqalpog`iston Respublikasi va Farg`ona viloyatidan 3 nafardan, Sirdaryo, Qashqadaryo viloyatlari va Tojikiston Respublikasidan 2 nafardan.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning barchasi erkak bo`lib, yoshi kattasi 37 yoshda, yoshi kichigi 16 yoshda.
Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Toshkent shahridan 3 nafar, Farg`ona viloyatidan 2 nafar.
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar soni 1854 nafarga etdi.
Samarqand viloyatida tuzalganlar barchasi ushbu viloyatdan (Samarqand shahri va Payariq tumanidan 4 nafardan, Toyloq va Samarqand tumanlaridan 2 nafardan, Ishtixon, Urgut va Pasdarg`om tumanlaridan 1 nafardan). Ularning 9 nafari erkak, 6 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 58 yoshda, kichigi esa 5 yoshda.
Endilikda viloyatda tuzalganlar 351 nafarga etdi.
Hozirda mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar soni 3837 nafarni tashkil etmoqda.






