AsosiyJamiyat

Yurtimizning uchta xududida 37 nafar bemor tuzaldi. Jami sog`ayganlar soni 3874 nafarni tashkil etmoqda

'Yurtimizning uchta xududida 37 nafar bemor tuzaldi. Jami sog`ayganlar soni 3874 nafarni tashkil etmoqda'ning rasmi

Qoraqalpog`iston Respublikasida 2 nafar, Toshkentda 21 nafar va Navoiyda 14 nafar, jami 37 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`aydi. Bu haqda 

Sog`liqni saqlash vazirligi, Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi xabar bermoqda. 

Shu tariqa Qoraqalpog`istonda jami kasallik qayd etilganlar  soni 138 nafar bo`lib, endilikda shundan 136 nafari tuzaldi. Ayni paytda bu xududda davolanayotganlar soni 2 nafarni tashkil etib, koronavirusdan xoli bo`lishga yaqin turibdi.

Toshkent shahri va viloyatida jami kasallik aniqlanganlar soni 2713 nafar bo`lib, endilikda shundan 1875 nafari sog`aydi.

Ayni paytda poytaxtimizdagi davolash muassasalarida 827 nafar infeksiyaga chalingan bemor davolanmoqda.  

Navoiyda esa shu paytgacha 260 holatda kasallik qayd etilgan. Bugun viloyatda  shifo topganlarning soni 181 nafarga etdi. Shu kunlarda navoiylik shifokorlar 79 nafar bemor hayoti uchun uchun kurashmoqda.

Shunday qilib, hozirgi soatgacha  mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan sog`aygan bemorlar  soni  3874 nafarni tashkil etmoqda.  

 

    Boshqa yangiliklar