AsosiyJamiyat

Ayni paytda O`zbekistonning yana uchta hududida 29 kishida koronavirus aniqlandi

'Ayni paytda O`zbekistonning yana uchta hududida 29 kishida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

2020 yil 13 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4966 (+29) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar qildi

 

🔴Yangi kasallanish holatlarining 18 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 4 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasida (shundan 3 nafari aholi orasida, 1 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi) 6 nafari Sirdaryo viloyatida xorijdan yurtimizga chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarida, qolgan 1 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lgan fuqaroda aniqlangan.  

 

❗️Ayni paytda yurtimizda 3874 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (78 foizi) sog`aydi.  

 

‼️Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 1073 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.  

    Boshqa yangiliklar