2020 yil 14 iyun soat 10:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4994 (+28) nafarni tashkil etmoqda, deb yozi SSV matbuot kotibi.
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Karantin markazidagi (barchasi xorijdan kelgan) fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent viloyatida (shundan 4 nafari xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisi, 6 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib karantinga olingan), 9 nafari Surxondaryo viloyatida hamda 2 nafari Buxoro viloyatida aholi orasida aniqlangan.
Ayni paytda yurtimizda 3874 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (77 foiz) sog`aygan.
Hozirda mamlakatimizda 1101 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. Ulardan 12 nafari og`ir, 2 nafari esa o`ta og`ir ahvolda.






