AsosiyDunyo

Koronavirus ko`krak suti orqali yuqishi mumkinmi? Bunga JSST izoh berdi

'Koronavirus ko`krak suti orqali yuqishi mumkinmi? Bunga JSST izoh berdi'ning rasmi

Ko`pchilikni qiziqtirgan ushbu savolga Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti eksperti Anshu Banerji javob berdi

"Koronavirusning go`daklarga ko`krak suti orqali yuqishi mumkinligi to`g`risidagi qarashlar hali o`z tasdig`ini topganicha yo`q", – deydi u.

Ekspertning ta`kidlashicha, bugungi kunga qadar ko`krak sutida tirik viruslar aniqlanmagan.

«Shu sababli koronavirusning onadan bolaga yuqish xavfi tasdiqlanmagan», — deydi mutaxassis.

Ana shundan kelib chiqib JSSTning boshqa bir mutaxassisi Mariya van Kerkxove tashkilot COVID-19 bilan kasallangan onalarga bolalar uchun xavfsiz bo`lgani bois emizishni davom ettirishni tavsiya qilishini aytib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar