Andijon viloyatining Xo`jaobod tumanidagi tikuv sexida yong`in yuzaga keldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 14 iyun kuni taxminan soat 01:44 da «Xo`jaobod Fayz-M» MChJ hududida yong`in sodir bo`lganligi to`g`risida ma`lumot kelib tushgan.
Yong`in oqibatida taxminan 1200 m2 maydonining ichki qismidagi tikuv dastgohlari va yarim tayyor mahsulotlariga zarar etgan.
Mazkur vaziyat yuzasidan viloyat FVBning rahbariyati boshchiligida 13 ta yong`in o`chirish ekipaji voqea joyiga etib borgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida yong`in soat 02:15 da o`rab olinib, 03:45 to`liq bartaraf etilgan.
Qutqaruvchilarning sa`y-harakatlari tufayli mazkur sexning erto`lasidagi qiymati 3 milliard so`mlik tayyor mahsulotlar, 6 ta «Isuzi» avtobusi saqlab qolinganligi aytilmoqda.
Hozirda yong`inning kelib chiqish sabablari o`rganilyapti.






