AsosiyJamiyat

Qaysi xorijiy davlatlardan kelgan fuqarolar karantinga olinmaydi?

'Qaysi xorijiy davlatlardan kelgan fuqarolar karantinga olinmaydi?'ning rasmi

O`zbekistonga sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo`lgan (yashil reyslar) – Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy va Isroil davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo`lib turgan) kirib kelgan shaxslar karantin nazoratiga olinmaydi;

koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaygan (sariq reyslar) – Evropa Ittifoqi, Malayziya, Tailand, Singapur davlatlaridan (oxirgi 14 kun ushbu mamlakatlarda bo`lib turgan) kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida uy karantini nazoratiga olinadi;

koronavirus infeksiyasi bilan kasallanish holatlari kamaymagan (qizil reylar – evakuasiya reyslari) – qolgan boshqa davlatlar, shu jumladan, BAA, Turkiya, Eron, Afg`oniston, Rossiya va boshqa MDH davlatlaridan kirib kelgan shaxslar 14 kun davomida karantin nazoratida saqlanadi.

Sanitariya-epidemiologik vaziyat barqaror bo`lgan va yaxshilanayotgan mamlakatlarda aviareys qatnovi kuniga qadar uzluksiz 14 kundan kam bo`lgan, shuningdek, og`ir sanitariya-epidemiologik vaziyat saqlanib qolayotgan davlatlardan tranzit orqali kelayotgan shaxslarga O`zbekistonga kelish uchun aviabiletlar realizasiya qilinmaydi.

    Boshqa yangiliklar