AsosiySport

Niderlandiya termasi bosh murabbiyi va uning rafiqasida koronavirus aniqlandi

'Niderlandiya termasi bosh murabbiyi va uning rafiqasida koronavirus aniqlandi'ning rasmi

Niderlandiya termasi bosh murabbiyi Ronald Kuman rafiqasi bilan birgalikda koronavirusga chalinishdi.Bu haqda uning rafiqasi Bartina Kuman ma`lumot berdi, deb yozmoqda sport24.ru

"Bizning koronavirusga qarshi topshirgan testimiz ijobiy natija berdi. U o`zini biroz yaxshi his qilganida esa velosipedga o`tirib, do`stlari bilan ketdi... Kechroq qaytib kelib, o`zini yomon his qildi. Men gap nimadaligini darhol tushundim. Uning yuragi ham zaif edi. Ronaldning otasi va tog`asi ham yurakdagi muammolar sababli vafot etgan. O`tkazilgan elektrokardiogramma tekshiruvi yurakda xuruj bo`lib o`tganini qayd etdi", –deb yozdi Bartinu Kuman Libelle.

Eslatib o`tamiz, ayni kunda Niderlandiyada 48,5 mingta holatda koronavirus aniqlangan. Bemorlarning 6 mingdan oshig`i vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar