Shu soatlarda poytaxtimizdagi Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 33 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`aydi. Bu haqda SSV xabar berdi.
Tuzalganlarning 21 nafari erkak, 12 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 69 yoshda bo`lsa, yoshi kichigi 3 yoshli qizaloq.
Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar 1930 nafarga etdi.
Shunday qilib, bugun 69 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog`ayganlar 3943 nafarni tashkil etmoqda.






