Yashnobod tumani hokimligi Matbuot xizmatining bergan xabariga ko`ra, 2020-2021 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko`rish dasturi doirasida va Yashnabod tumanida yo`l ta`mirlash ishlari boshlanishi munosabati bilan, 15 iyundan Farg`ona yo`li ko`chasining Munis ko`chasi va KXAY (ko`prik) qismidan o`tgan magistral issiqlik tarmog`ini kapital ta`mirlash ishlari boshlanmoqda.
Ta`mirlash ishlari 14 kun davomida, axoliga issiq suv ta`minoti uzilmagan tartibda amalga oshiriladi. Ish jarayonida Farg`ona yo`li ko`chasining KXAY ko`chasidan Munis ko`chasigacha yunalishining bir qismi yopiladi va ushbu yo`nalishda avtotransport qatnovi o`ng tamondagi qo`shimcha yo`l orqali amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan xaydovchilarga yuzaga kelishi mumkin bo`lgan tirbandliklarning oldini olish maqsadida aylanma yo`llardan foydalanishlari tavsiya etiladi, deyilgan IIV YHXBB Axborot xizmati xabarida.






